16 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Olam

image

Qozog‘istonda Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik fuqarolarning noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.

Ulardan yetti nafari O‘zbekiston, to‘qqiz nafari Tojikiston fuqarolaridir.

Ular Satpayev shahrida noqonuniy ishlab, ma’muriy javobgarlikka tortilib, sud qarori bilan belgilangan talablarni bajarmasdan, Qozog‘iston migratsiya sohasidagi qonunchiligini buzgan.

Bundan tashqari, Tojikistonning ikki nafar fuqarosi Olmaota shahar sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori talablarini bajarmay, javobgarlikdan bo‘yin tovlagani aniqlangan.

“Qayd etish joizki, ularni noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb qilgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi”, deyiladi nashr xabarida.

Huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida ikki mamlakat fuqarolari Qozog‘istondan majburan chiqarib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaning Vnukovo xalqaro aeroportidan 643 nafar Tojikiston fuqarosi deportatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tojikiston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made