Moskva osmonida harbiy parad bo‘lib o‘tdi (video)

Olam

image

Moskvada Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan parad uyushtirildi. Koronavirus pandemiyasi sabab harbiy parad faqat osmonda bo‘lib o‘tdi.

Boshlanishidan oldin, Moskva vaqti bilan soat 10.00 da Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zladi. Unda Prezident ushbu kunning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

“G‘alaba kunining ma’naviy va axloqiy ahamiyati doimo katta bo‘lib qoladi va unga bo‘lgan munosabatimiz muqaddasdir. Bu bizning xotiramiz va g‘ururimiz, mamlakatimiz tarixi, har bir oilaning tarixi, otalarimiz va onalarimiz, bobo-buvilarimiz bizga bergan ruhimizning bir qismidir”, deydi Putin.

Putinning nutqidan so‘ng, Ximki hududida tayyor turgan samolyotlar harbiy paradni boshlab berdi.

Ushbu parad transport vositalarining soni bo‘yicha eng kattasi bo‘ldi. Unda 75 samolyot ishtirok etdi. Ular orasida dunyodagi eng katta yuk ko‘taruvchi vertolyot – Mi-26, Mi-24P vertolyotlari Su-35S va Su-30SM qiruvchi samolyotlari ishtirok etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Moskva Ikkinchi Jahon urushi G'alabaning 75 yilligi Harbiy parad

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing