Rossiyaga kontrabanda tovarlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda ushlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 mln. tengelik sayg‘oq shoxlarini noqonuniy olib o‘tayotganda to‘xtatib qolindi.

O‘zbekistonning 49 yoshli fuqarosi Rossiyaga yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini olib o‘tishga uringan. Biroq u Uralsk chegara otryadi “Sirimavto” chegara bo‘linmasi tomonidan ushlangan.

Ushbu fuqaro “Oral-Samara” yo‘nalishidagi avtobusda o‘zi bilan katta chamadon olib ketayotgan edi. Uning ichidan sayg‘oqlarning yangi kesilgan 148 dona shoxi borligi ma’lum bo‘ldi. Noqonuniy yukning qiymati 196 mln. tengega teng.

Ushbu holat bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi JK tegishli moddasi bo‘yicha suddan oldingi tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda

Baholaganlar

63

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing