Samarqandda uchta besh yulduzli mehmonxona quriladi

Jamiyat

image

Nashrning ma’lum qilishicha, ilk besh yulduzli mehmonxona Samarqand shahridagi “Yoshlik”  stadioni o‘rnida qad rostlaydi.

Bo‘stonsaroy ko‘chasida  qurilajak 242 o‘rinli besh yulduzli mehmonxona loyihasi «Abu Dabi» rivojlantirish fondi tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bu haqda Samarqand viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Farhod Majidov ma’lum qilgan. Unga ko‘ra viloyatda 2019-2021 yillarda quriladigan mehmonxonalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. 

Shuningdek, Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasida «Ipak yo‘li» fondi (Xitoy) va «Milliybank» hamkorligida turizm kompleksi loyihasi amalga oshirilib, 250 o‘rinli ikkita besh yulduzli mehmonxona quriladi.

Namozgoh va Muqimiy ko‘chalari hamda Bo‘stonsaroy va Ulug‘ Tursunov ko‘chalari kesishmalarida biri 240, ikkinchisi 200 o‘rinli to‘rt yulduzli mehmonxona barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada germaniyalik tashabbuskorlar bilan kelishuv shartnomalari tayyorlangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand Hotel Yoshlik

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing