Koronavirusdan vafot etganlar 100 000 dan oshib ketdi

Olam

image

Daqiqa sayin koronavirus pandemiyasi qulochini keng yozib bormoqda. Virus dunyoning 185 mamlakatida qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu virus bilan xastalanganlar 1 650 210 nafarni tashkil etmoqda. O‘lim ko‘rsatkichi esa 100 mingdan oshib, 100 376 taga yetdi. Bemorlarning 368 669 nafari sog‘lom hayotga qaytdi. 

Virus taqralishi bo‘yicha AQSH mutlaq yetakchilik qilyapti. Mamlakatda 475 749 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 17 925 nafari vafot etgan va 26 645 nafari davolangan. 

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ispaniya ketyapti. Mamlakatda 157 053 kishida koronavirus aniqlangan. Shundan 15 970 kishi vafot etgan, 56 668 kishi davolangan,

Yevropada koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Italiyada 147 577 kishida koronavirus aniqlangan. Qurbonlar 18 849 nafarga yetdi. 30 455 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Germaniya COVID-19 infeksiyasining tarqalish ko‘lami bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda boryapti. Mamlakatda 119 624 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 2 607 nafari vafot etgan va 52 407 nafari davolangan.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha dastlabki beshtalikni Fransiya yakunlab bergan. Bugungacha Faransiyada 118 790 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 12 228 nafari vafot etgan va 23 469 nafari davolangan.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha keyingi beshtalikdan Xitoy (82 941), Buyuk Britaniya (71 078), Eron (68 192),Turkiya (47 029) va Belgiya (26 667) joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing