Chechenistonda karantin kuchaytirildi – komendantlik soati joriy etildi

Olam

image

Bugun, 3 aprel kuni Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov mamlakatda komendantlik soati joriy etilganini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu tartib soat 20:00 dan 08:00 gacha amal qiladi.

Cheklovlar Respublikaning barcha aholi punktlaridagi transport vositalari va piyodalarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu tartibni buzgan fuqarolarga qattiq jazo choralari ko‘riladi.

"3 apreldan boshlab karantin rejimini kuchaytiryapmiz. Checheniston Respublikasining barcha aholi punktlarida transport va piyodalarning harakatlanishi soat 20:00 dan 8:00 gacha taqiqlanadi. Kechasi harakatlanish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot va xizmatlarning ro‘yxati tegishli bo‘limlarga yetkazildi", deydi Qodirov.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, 5 apreldan boshlab Checheniston Respublikasida barcha transport turlarini ma’muriy chegaralar orqali harakatlanishi to‘xtatilmoqda. Shoshilinch tibbiy xizmat, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa birinchi galdagi ehtiyoj tovarlarni viloyatlararo tashish istisno qilinadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Chechenistonda koronavirus bilan bog‘liq 36 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. 861 nafar odam karantinda saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Koronavirus Karantin Komendantlik soati Checheniston Respublikasi

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made