1-kurslarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalarining 1-kursiga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, OTMga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan 1-bosqich talabalari joriy yilning 15 oktyabriga qadar shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. 

“Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 15 oktyabri etib belgilandi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, vazirlik ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM kontrakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made