O‘zbek aktyorlari Burak O‘zchivit bilan bir serialda rol o‘ynadi (video)

Madaniyat-san’at

O‘zbekistonlik aktyorlar Turkiyada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto) north_east

O‘zbekistonlik aktyorlar Turkiyada Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (foto)

O‘zbekistonlik aktyorlar Tohir Saidov, Akmal Mirzo, Jamshid Sagatov, Alixan turkiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan “Qurilish. Usmon” serialida suratga tushdi. Ular rol ijro etgan sahna serialning 13-qismidan o‘rin oldi. 

Avvalroq, O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida Istanbul shahrida Jaloliddin Manguberdi seriali suratga olinayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur serialda O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Tohir Saidov, Ra’no Shodiyeva, aktyorlar Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov, Akbarxo‘ja Rasulov, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova rol ijro etmoqda. 

Ma’lumki, Jaloliddin Manguberdi seriali ijodkorlari bugungacha “Tirilish. Erto‘g‘rul” serialini suratga olgan. 5 yil davom etgan loyiha 2019 yilda yakunlandi. U dunyoning 85 mamlakatida o‘z tomoshabinlarini topdi. Ortidan esa 2019 yilning noyabr oyida “Qurilish. Usmon” serialiga start berildi. Ushbu serial ham Jaloliddin Manguberdi serialiga boshchilik qilayotgan prodyuser va ssenariynavis Mehmet Bo‘zdog‘ rahbarligida suratga olinmoqda. 

Bugungacha ham o‘zbekistonlik aktyorlar xorijiy film va seriallarda suratga tushgan. Biroq, ular orasida hech bir film va serial “Qurilish. Usmon” kabi dunyoda shuhrat qozonmagan. 

Ayni “Qurilish. Usmon” seriali suratga olinayotgan maydonda o‘zbek va turk kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinayotgan “Jaloliddin Manguberdi” serialining dekoratsiyalari qurilgan. Dekoratsiyalarda Xorazmdagi tarixiy obidalar aks etgan.

Ma’lumot o‘rnida, serial Usmoniylar imperiyasi asoschisi Erto‘g‘rul o‘li Usmon haqida bo‘lib, unda imperiyaga asos solinishi, Usmonning davlatchilikni tuzish yo‘lidagi harakatlari, mo‘g‘ullarga qarshi kurashlari aks etgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Burak O'zchivit Jaloliddin Manguberdi Akmal Mirzo

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing