Pedofil amaldorlar ishi: qizlar o‘zi rozi bo‘lganmi?

3-sahifa

Shu yilning aprel oyida Xorazmdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Oybek Masharipov va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Quryazov tomonidan zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘lgani yodingizda bo‘lsa kerak. Mazkur masala tarmoqlarni portlatdi. Xiva tuman sudi ularga nisbatan 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinlagani esa noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Sud hukmi e’lon qilinganidan so‘ng tarmoqlarda muhokamalar ortdi. Oddiy odamlarning arzimagan aybi uchun 5 yildan ko‘p, amaldorlarga pedofillik qilsa 3 yil jazomi?”, deb yozmoqda tarmoq foydalanuvchilari. Aybdorlarga kam muddatli jazo berilgani ularning orqasida “ancha kattalar” turgani bilan bog‘landi. Xo‘sh, haqiqatan ham pedofil amaldorlarni qo‘llayotganlar bormi? Aynan shu savol bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikromjon Muslimovga yuzlandik.

“Yo‘q, bugungi kunda ularning orqasida kimdir turganligi haqidagi iddaolar noto‘g‘ri. Sud dastlabki tergov organi tomonidan e’lon qilingan ayb doirasida ish qiladi. Jinoyat sudini oliy suddan bekor qilib, yangitdan ko‘rish yuborilganda nomusga tegish alomatlari bormi yoki yo‘qmi, deya savol qo‘yilgan. Dastlabki tergov organi "sudlanuvchilarning harakatlarida nomusga tegish alomatlari yo‘q", degandan keyin sud e’lon qilingan ayb doirasida ish ko‘rib, shu bo‘yicha jazo berdi", deydi Oliy sud raisi o‘rinbosari. 

Sud hukmiga izoh bergan Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga ko‘ra, bu vaziyatda Jinoyat kodeksining 118-moddasida aytilganidek, jabrlanuvchilar bilan zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilganligi holati aniqlanmagan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: agar amaldorlarning xatti-harakatida nomusga tegish alomatlari bo‘lmasa, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining o‘zi amaldorlarga rozilik bildirganmi?

“Men aytmoqchiman, jinoyat ishini man o‘zim hali o‘rgandim. Men bugun Toshkent shahar sudi qabul qilgan holat bo‘yicha faktni e’lon qilish uchun keldim. Qizlarning o‘zlari rozi bo‘lganmi degan savolga ular kassatsiya  shikoyati yozgan taqdirda, ish oliy sudda kassatsiya instansiyasida 3 ta sudya tomonidan ko‘rilganidan so‘ng aytishim mumkin", deydi Muslimov.

Oliy sud tomonidan berilgan ma’lumotlariga qarasak, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Oybek Masharipov va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Quryazovlarga tayinlangan jazoda mansab vakolatidan foydalanganlik uchun hech qanday jazo berilmagan. Mazkur masalaga izoh bergan Ikromjon Muslimov:

“Sudlar e’lon qilgan ayb bo‘yicha ish ko‘radi. Bizga bitta odamni ayblab berdimi, biz shuni aybi bormi yoki yo‘qmi, shu bo‘yicha ish ko‘ramiz. Sud tergovida ham aybdor deb berilgan shaxsning aybi bor-yo‘qligiga baho beriladi. Sudlar jinoiy ta’qib bilan shug‘ullanmaydi. Sud huquqni muhofaza qiluvchi idora emas, mustaqil hokimiyat”, deydi Muslimov. 

Oliy sud raisi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini amaldorlar qo‘liga topshirgan Xorazm viloyati Xalq ta’lim boshqarmasiga qarashli Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari bo‘lgan Yulduz Xudoyberganovaga tayinlangan jazo o‘zgarishsiz qoldirilgan. U yoki uning himoyachisi tomonidan sud hukmiga nisbatan, shikoyat yoki protest keltirilmagan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 2022 yilning sentyabr oyida birinchi instansiya Xudoyberganovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (18 yoshga to‘lmagan aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi), 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismida (Mansab soxtakorligi) moddalarida  nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli, deb topilgan va 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud pedofil Oybek  Masharipov Anvar Quryazov Xorazmdagi Mehribonlik uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made