Kambag‘allikni qisqartirish bitta vazirlik yoki agentlikning ishi emas – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Tashrif davomida davlat rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, davlat rahbari ushbu yig‘ilish bejiz Toshkent viloyatida o‘tkazilmayotgani, chunki, hududdagi iqtisodiy natijalar viloyatning haqiqiy salohiyatiga mos kelmasligini ta’kidlagan. 

“Mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani va alohida dasturlar ishlab chiqilgani hisobiga O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgani aytilgan. Shuningdek, bir yarim yilning ichida 3 million aholi doimiy daromadga ega  bo‘lgan, 1,5 millioni esa kambag‘allikdan qutilgan. 

Umuman, respublikada 347 ta mahalla kambag‘allikdan xoli, yana 1,5 mingga yaqin mahalla esa ishsizlik bo‘lmagan hududga aylangani e’tirof etilgan. 

“Vazirlar va hokimlar bir narsani aniq tushunib olishi zarur. Kambag‘allikni qisqartirish bitta vazirlik yoki agentlikning ishi emas, aholiga faqatgina moddiy yordam yoki kredit berishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, hududlarda infratuzilma bo‘lishi, bu orqali ishlab chiqarish va xizmatlar rivojlanishi kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududlarida kambag‘allik darajasi eng yuqori ekani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident vazirlik Kambag'allik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing