10 maydan O‘zbekistonda karantin tugadimi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, mamlakatda karantin cheklovlari joriy yilning 10 may sanasiga qadar uzaytirilgan edi. Bundan keyin Respublika maxsus komissiyasi karantin cheklovlari uzaytirilishi haqida alohida qaror qabul qilmadi. Bu esa odamlar orasida karantin cheklovlari tugaganiga ishora sifatida qabul qilinmoqda va 11 maydan boshlab karantin tugadi degan noto‘g‘ri tushunchalar paydo bo‘lmoqda. 

Aslida, karantin cheklovlari butunlay bekor qilingani yo‘q. Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yig‘ilish bayoniga asosan, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralari belgilandi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishi va bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili asosida hududlar uchta toifaga ("qizil", "sariq", "yashil") ajratildi va har bir toifa uchun alohida cheklovlar belgilandi.

Tahlillar muntazam ravishda amalga oshirib borilib, olingan natijalarga ko‘ra mazkur uch toifaga kiruvchi hududlarning har birida cheklovlar bekor qilib boriladi yoki kuchaytiriladi. 

Hududlar joriy yilning 8 mayidan boshlab viloyatlar hamda 11 maydan boshlab esa tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratilib, ushbu toifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirishga ruxsat beriladigan (berilmaydigan) muayyan faoliyat turlari belgilandi.

Ushbu samarali tizim orqali mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotining ma’lum maromda izga tushishi, karantin cheklovlarining oqilona va maqsadga muvofiq tarzda amal qilishi ta’minlanadi. Shuningdek, virus tarqalishi va epidemiyaning jilovlanishi hududlar kesimida samarali monitoring qilib boriladi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, respublika hududida karantin davom etayotganini ma’lum qilamiz va belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilishga chaqiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

790

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing