Toshkentda Epica avtomobili yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 1 aprel kuni Toshkentda Episa rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

1 aprel kuni soat 9:12 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani Toshkent xalqa aylana yo‘li ko‘chasi 39-uyda joylashgan AYOQSH qarshisida turgan Episa rusumli d/r 10 T 140 PA bo‘lgan avtomobil yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Bo‘linmalar soat 09:14 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 09:19 da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida avtomobilning motor qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning taxminiy kelib chiqish sababi, atomobilning motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv, deb aytilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing