Soxta Departament xodimi ushlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqori Chirchiq tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda “A.B.” MCHJ ish boshqaruvchisi M.M.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda ma’lum bo‘lishicha, aslida “K.I.” MCHJda haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro R.N. “M” kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib, taomlarni sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga NKM cheki berilmayotganligini vaj qilib, o‘zini “Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam” deb tanishtirib, g‘aznada turgan NKM apparati va kafega tegishli bo‘lgan tibbiy daftarchani olib qo‘yib, ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan o‘zining jinoiy sherigi, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln so‘m olgan vaqtida Departament organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing