“Bunyodkor” safarda “Navbahor”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Namanganning “Navbahor” klubi O‘zbekiston Superligasining 3 turida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qildi. Murosasiz kechgan bahsda toshkentlik “qaldirg‘ochlar” namanganlik “lochinlar”ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.

E’tiborlisi, Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” klubi bu mavsumdagi ilk g‘alabasini aynan Namanganda qo‘lga kiritdi.

17:00. "Navbahor" — "Bunyodkor" 2:3 

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Rustam Lutfullin.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Gollar: Jasur Jaloliddinov 3, - 0:1. Xurshid G‘iyosov 36 penalti, - 0:2. Aleksandr Kasyan 63 penalti, - 1:2. Abbos G‘ulomov 79, - 2:2. Xurshid G‘iyosov 83 penalti, - 2:3.

Amalga oshirilmagan penalti: Aleksandr Kasyan (N) 88 (darvozabon).

"Navbahor": 23.Dilshod Hamroyev, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O‘runov, 7.Azim Ahmedov, 8.Shahzod Shaymanov (14.Bahodir Nasimov, 55), 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 19.Mirzohid G‘ofurov, 32.Jahongir Mehmonov, 55.G‘iyos Komilov, 90.Zafar To‘rayev (70.Abbosjon G‘ulomov, 37).

"Bunyodkor": 25.Murod Zuxurov, 3.Islom Qobilov, 4.Sergey Proxorov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Jasur Jaloliddinov (34.Suhrob Izzatov, 56), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Javohir Qahramonov (27.Abubakr Muydinov, 75), 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev.

Ogohlantirishlar: Sergey Proxorov 8, Zafar To‘rayev 11, Azimjon Ahmedov 19, Oston O‘runov 49, Abdujamol Isroilov 61.


Maqola muallifi

Teglar

Superligasi Bunyodkor Navbahor

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing