Toshkentda koronavirusga chalinganlar soni 169 nafarga oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197 nafarga oshib, 19 952 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqad Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 169 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Toshkent viloyatida 146 nafar, Sirdaryo viloyatida 40 nafar, Jizzax viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar hamda Buxoro viloyatida 12 nafar, jami 359 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 10 831 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 010 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing