“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiya ta’minotidagi uzilishlarga izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kuzatilgan kuchli qor sababli ko‘plab hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur vaziyatga munosabat bildirdi.

“Mamlakatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli respublikamizning turli hududlarida elektr qurilmalarida vujudga kelgan avriyaviy holatlar hamda qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ topshirig‘i bilan respublikaning barcha hududlarida elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

elektr ta'minoti

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing