Karantin vaqtida haftasiga 300 000 so‘mdan berilayotgani rostmi?

Jamiyat

image
Karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston xalqiga rasmiy murojaat north_east

Karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston xalqiga rasmiy murojaat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Har bir fuqaroga haftasiga 300 000 so‘m pul berilmoqda” degan xabarlar paydo bo‘ldi. 

“Ushbu xabarlar yolg‘on bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati ilk bor 15 mart kuni kuzatildi. Ayni kunda, mamlakatda infeksiyaga chalinganlar soni 42 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

596

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made