Turkiya xalqaro yuk tashuvlarga jiddiy talablar qo‘ydi

Olam

image

Turkiyada xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha talablar o‘rnatildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan.

Mazkur o‘zgarishlar xorijiy haydovchilar va yuk avtotransport vositalarining Turkiya hududiga kirishi/chiqishi va bo‘lib turishiga hamda mamlakat orqali tranzit bilan o‘tayotganlarga tegishli.

O‘rnatilgan yangi qoidalarga ko‘ra, tranzit bilan yuk tashiyotganda haydovchining sog‘lig‘i tekshiriladi. Transport vositasi dezinfeksiyalanadi, yetarli miqdorda tibbiy niqoblar, sanitar himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari borligi ko‘zdan kechiriladi. Jumladan, boradigan mamlakatiga kirish uchun tasdiqni (ruxsat) taqdim etish va boshqalar talab etiladi.

Bundan tashqari, Turkiyaga kiradigan haydovchilardan tibbiy ko‘rikdan o‘tish, transport vositasini dezinfeksiyalash, boshqa odamlar bilan ehtimoliy aloqa joylari va motorli transport vositalariga xizmat ko‘rsatish punktlarida (doimiy ravishda) niqob taqish, yetarli miqdorda tibbiy niqoblar, sanitar himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotiga ega bo‘lish talab etiladi. Izolyatsiya uchastkasida yukni transportitovka qilishning tegishli tartibini ta’minlash, jumladan, haydovchi, treyler, yukni (fraxta) almashtirish, agar buning iloji bo‘lmasa, 14 kunlik karantin davri tugaganidan keyingina kirishga ruxsat beriladi. 

Yuk tashuvchilarning mamlakatda maksimal bo‘lish muddati va yo‘nalishi Turkiya bojxona organlari tomonidan belgilanadi. Dori vositalari, tibbiyot va birlamchi iste’mol mahsulotlarini tashuvchilarga 14 kunlik karantin muddati tugamasidan Turkiyaga kirishga ruxsat berilishi mumkin. Bunda yukni transportirovka qilishning tegishli tartibiga amal qilish, ilojsiz hollarda zarur tibbiy tekshiruv va himoya choralarini o‘tkazish talab etiladi.

Ta’kidlanishicha, xorijiy haydovchilar Turkiyani tark etishganda yuqorida qayd etilgan qoidalarga rioya qilinganligi tekshiriladi. Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan jarima choralari qo‘llaniladi va mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi.

“Kema bortida faqat yuk mashinalarini o‘tkazishga (Ro-Ro Travels) ruxsat beriladi. Mahalliy portlar ma’muriyati tomonidan maqbul deb hisoblangan transportning majburiy shartlari asosida haydovchiga ruxsat berilgan taqdirda, tashuvchilarga belgilangan qoidalarga rioya qilish majburiyligi to‘g‘risida xabar beriladi. Transport vositalari haydovchiga berilishidan oldin dezinfeksiya qilinadi”, deyiladi xabarda.

Turkiyadagi ushbu yangiliklar munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqib, Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing