FVV tarkibida yangi dispecherlik xizmati tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holda qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) orqali bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini ta’minlash dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari elektron bazasi yaratiladi.

2019 yil 1 iyulga qadar eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarga shoshilinch operativ xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan mobil aloqa servislaridan foydalanish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi axborot tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror dispecherlik xizmati

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing