O‘zbekistonda koronavirusdan davolanganlar 4 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor fidoyi va jonkuyar shifokorlar sa’y-harakati tufayli butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Avval Buxoro viloyatidan 4 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalganini xabar qilgan edik.

Sog‘ayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik bo‘lib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda bo‘lishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.

Bemorlarning tuzalishlarida, avvalo, ushbu shifoxona tibbiyot xodimlarning davolash muolajalarini xalqaro standartlar asosida, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganlari, shuningdek, pulmonologiya, kardiologiya, terapiya, endokrinologiya kabi ixtisoslashgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatgani qo‘l kelayotir. Ayni lahzada tuzalgan bemorlarning quvonchi cheksiz. Ularning tabassumi, minnatdorli so‘zlari zahmatkash tibbiyot xodimlarining mehnatiga eng yuksak bahodir.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 89 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 1054 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing