AQSH bosh sanitar shifokori: “Amerikaliklar uchun eng og‘ir davr boshlanmoqda”

Olam

image

AQSHni pandemiyadan kasallanish sababli kelayotgan haftada ulkan sinovlar kutib turibdi. Xuddi ana shunday holat Ikkinchi jahon urushi vaqtida yaponlarning Gavayi orolidagi AQSHning Perl-Xarbor harbiy-dengiz bazasiga qilgan hujumi vaqtida yuz bergan edi. Bunday fikrlarni Qo‘shma Shtatlarning bosh sanitar shifokori Jerom Adams bildirgan.

“Perl-Xarbor yoki 11 sentyabr voqealariga taqqoslanadigan vaqt keladi. Ko‘plab amerikaliklar uchun bu – hayotlaridagi eng og‘ir davr bo‘ladi”, deb ta’kidlagan u. 

“Har kim koronavirusni yengishda o‘z rolinini chuqur anglab yetishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Adams. Uning prognozi Trampning Oq uyda qilgan chiqishiga mos kelmoqda. O‘shanda AQSH Prezidentni koronavirusdan o‘lim holati mamlakatda ikki hafta davomida oshib borishini ma’lum qilgan edi.

AQSH koronavirusga chalingan bemorlar hisobi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda infeksiyaga chalinganlar soni 321,7 ming nafardan oshdi. 9 132 nafar bemor olamdan o‘tgan bo‘lsa, 15 044 nafari butkul sog‘aydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

302

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing