Julian Assanjning sudi boshlandi

Olam

image

Bugun, 24 fevral kuni Buyuk Britaniyada WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning ekstraditsiyasi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqida “Reuters” agentligi xabar bermoqda.   

U ko‘rsatma berishdan oldin ismini va yoshini tasdiqladi. Sudya agar biron bir qonunbuzarlik bo‘lsa, odamlar sud zalidan chiqarib yuborilishini ma’lum qildi. Sud majlisi AQSH maxfiy hujjatlarining tarmoqqa tarqalishidan deyarli o‘n yil o‘tgach, Assanjni Qo‘shma Shtatlarga ekstraditsiya kerak yoki yo‘qligi haqida qaror chiqarishi lozim. Eslatib o‘tamiz, AQSH Assanjga nisbatan 18 ta jinoiy ish ochgan.

2010 yilda Shvetsiyada Assanjni jinsiy zo‘rlashda ayblashdi. Londonda bo‘lganida, u o‘z ixtiyori bilan politsiyaga taslim bo‘ldi, hibsga olindi va garov evaziga qo‘yib yuborildi. 2011 yilda Assanjni Shvetsiyaga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. U esa, o‘z navbatida, apellyatsiya berdi. 2012 yil 19 iyun kuni Ekvadorning Londondagi elchixonasiga berkindi va siyosiy boshpana so‘radi.

2019 yil may oyi oxirida AQSH hukumati Assanjni josuslik va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda aybladi. Agar u AQSHga ekstraditsiya qilinadigan bo‘lsa, 175 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing