AQSHda o‘lim jazosi tiklandi

Olam

image

AQSH Federal hukumati 20 yillik tanaffusdan keyin o‘lim jazosini davlat darajasida tiklashga qaror qildi. Bu haqda Amerika Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur qaror haqida AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr Qamoqxonalar federal boshqarmasi rahbari Xyu Gurvitsni ogohlantirgan. O‘lim jazosi besh kishiga nisbatan qo‘llanadi.

Uilyam Barr Xyu Gurvitsga yosh bolalar va qariyalarni zo‘rlab o‘ldirishda aybdor deb, topilgan besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosini ijro etish majburiyatini topshirgan.

Besh kishi odamlarni o‘ldirib, ularni mazax qilish va voyaga yetmaganlarga jinsiy zo‘ravonlik qilishda aybdor deb topilgan. Hukm joriy yilning dekabri va 2020 yilning yanvarida ijro etiladi.

Hujjatga ko‘ra, hukm pentobarbital in’eksiyasi bilan ijro etiladi. Mazkur in’eksiyaning miqdoridan ortiqcha qo‘llash o‘limga olib keladi.

Ma’lumot uchun, AQSHda o‘lim jazosi 2003 yilda davlat darajasida bekor qilingandi. Shtatlar esa oliy jazoni qo‘llash yoki qo‘llamaslikni o‘zi hal qilishi ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'lim jazosi

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing