Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon bo‘lishi aytildi

Olam

image

Sechenovskiy universiteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Vitaliy Zverev Rossiyada ikkinchi koronavirus to‘lqini bo‘lishini bashorat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning yangi to‘lqini qishda yoki kuzning o‘rtalarida berishi mumkin.

"Biz bu bilan yashashimiz kerak va shuning uchun bu vaziyatga ko‘nikishimiz zarur", dedi u.

Zverev, shuningdek, mamlakatda joriy etilgan cheklovlarni imkon qadar tezroq olib tashlash kerak, deb hisoblaydi. Shu sabab o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdan bosqichma-bosqich chiqilishi zarur.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi odamlarga erkin yurishga ruxsat bersa ham bo‘ladi.

"Biz uyda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilib o‘tirgan odamlarda paydo bo‘ladigan boshqa surunkali kasalliklar sabab odamlarni ko‘proq yo‘qotamiz", deb xulosa qildi ekspert.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 299 941 kishi koronavirusga chalindi. Ulardan 76 130 nafari sog‘ayib ketgan bo‘lsa, 2 837 ta o‘lim holati qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing