#UydaHayotBor aksiyasi doirasida Toshkentdagi Qariyalar uyi dezinfeksiya qilindi

Jamiyat

Avvalroq, QALAMPIR.UZ sayti tomonidan #UydaHayotBor nomli maxsus aksiya e’lon qilingan edi. Bu aksiya doirasida turli xonadonlar va tashkilotlar binolari bepul dezinfeksiya qilib berilmoqda. Aksiyada tahririyat bilan hamkorlikda “AZIZXON STAR SERVIS” kompaniyasi faol qatnashib kelmoqda. Bu safargi aksiya yanada kengayib, xayrli ishga “Dez and clean” kompaniyasi ham kelib qo‘shildi.

Va’daga binoan, navbatdagi dezinfeksiya ishlari Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan “Qariyalar uyi”da olib borildi. 

Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimizki, loyiha eng avvalo boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bois biz darvoza atrofi “inomarka”larga to‘la, badavlat kishilarning xonadonlariga emas, yordamga haqiqatan muhtojlarning uyiga shoshamiz.

☎️ +998946666210 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ism-sharifingiz, manzilingiz va telefon raqamingizni qayd ettirishingizning o‘zi kifoya. 

Talablar ko‘p bo‘lishini inobatga olib, dezinfeksiya guruhimiz navbat bilan siz ko‘rsatgan manzilga yetib boradi.

Xizmat mutlaqo BEPUL!

Hurmatli yurtdoshlar agar siz ham dezinfektologiya klinikasi rahbari bo‘lsangiz va biz bilan birga koronavirusga qarshi kurashib, uni birga yengish istagida bo‘lsangiz  +998998683320 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, biz bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. 

#UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

dezinfektsiya

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing