Bunday mazali taomlarni hech qayerda tanovul qilmaganman - Habib Nurmuhamedov

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22 noyabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida MMA bo‘yicha GFC-20 turniri oldidan tadbir tashkilotlari va uning faxriy mehmonlari ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. 

Unda UFC jahon chempioni Habib Nurmuhamedov va O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov ishtirok etdi. 

Ushbu uchrashuvda Habib Nurmuhamedov ayni vaqtda vazn yo‘qotish ustida ishlayotgani haqida gapirarkan, Toshkentdagi mehmondo‘stlikka to‘xtaldi. 

"Men vazndan xalos bo‘lishim kerak. Men kuniga kamida bir marta mashq qilaman, kecha esa ikki marta mashq qildim”, deydi Nurmuhamedov.

Sportchi so‘zida davom etarkan, o‘zbek taomlari singari mazali taomlarni hech qayerda iste’mol qilmaganligini aytdi:

“Men ko‘p joyda bo‘lganman, biroq bunday mazali taomlarni tanovul qilmaganman. Taomlar juda xilma-xil. Hammasi eng yuqori darajada. Hozircha bu yerda mehmonmiz, vazn haqida o‘ylamaymiz, taomlardan zavq olamiz”.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 23 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida ilk bor MMA bo‘yicha GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Habib Nurmuhamedov ushbu turnirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

621

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing