Zangiotada uch yigit 18 yashar qizni pichoqlab, kanalga oqizib yubordi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida uch yigit 18 yashar qizni bir necha marta pichoqlab, kanalga oqizib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa kecha, 20 aprel kuni yuz bergan. Soat 3:00 larda Zangiota tumani, “Quyoshli” mahallasida 2003 yilda tug‘ilgan A.Q. ikki nafar sherigi bilan  ularga oldindan tanish bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan qiz K.R. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan bo‘yin, qorin xamda tanasining turli qismlariga urib, shu yerdan oqib o‘tuvchi “Tuyabo‘g‘iz” kanaliga tashlab yuborgan. So‘ng hodisa joyidan yashiringan.

K.R. olgan tan jarohatlariga qaramasdan, kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va yaqinlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan hamda uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni A.K. va boshkalarga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilar qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Zangiota

Baholaganlar

1110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made