Putin yadroviy qurollardan foydalanish shartlarini belgiladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Yadroviy tiyilish bo‘yicha mamlakat siyosatining asoslarini belgilovchi hujjatni imzoladi. Unda yadroviy quroldan foydalanish shartlari ham ko‘rsatilgan.

Yadroviy qurolni ishga solish favqulodda chora sifatida ko‘riladi va u asosan tiyib turish vositasi hisoblanadi. Undan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni Prezident qabul qiladi.

Xususan, Rossiya harbiylarining mamlakatga qarata ballistik raketa uchirilgani haqidagi ishonchli ma’lumot yadroviy qurolni aktiv holga keltirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, dushmanning oddiy qurol bilan mamlakatning mavjud bo‘lishiga tahdid soluvchi davlat va harbiy ob’ektlarga hujum qilishi ham yadroviy qurolni ishlatishga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni yadroviy tiyilishda  ehtimoliy dushmanning giperovozli va lazer qurollari, raketa va zarbdor dronlarni joylashtirishini hisobga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing