Davlat mulki hisoblangan bino hamda inshootlarga IIV bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qo‘llaniladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 may kuni Hukumat qarori bilan Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar toifalari ro‘yxatining 6-bandiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari tasarrufida bo‘lgan va davlat mulki hisoblangan bino hamda inshootlarga ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Hukumat qarori

Baholaganlar

18

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing