16 ming amerikalik o‘limi uchun Xitoy aybdor  – AQSH senatori

Olam

image
AQSH razvedkasi koronavirus haqida bir yil oldin bilganmidi? Tramp javob qaytardi north_east

AQSH razvedkasi koronavirus haqida bir yil oldin bilganmidi? Tramp javob qaytardi

AQSH senatori Lindsi Grexem dunyoda, jumladan, AQSHda ham koronavirus tarqalishi sababchisi Xitoy ekanligini aytib o‘tdi. Uning fikricha, amerikaliklarning o‘limida rasmiy Pekin aybdor.

"Biz, AQSH Senati Trampni ayblamaymiz, biz Xitoyni ayblaymiz. 16 ming amerikalikning o‘limi va 17 million ishsiz qolganlar uchun Xitoy javobgar", deydi siyosatchi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, virusning bunday ommaviy tarqalishiga Xitoy hukumati imkon bergan. Shuningdek, rasmiy Pekin ma’lum vaqt virus bilan bog‘liq holatlarni jahon hamjamiyatidan yashirgan.

Grexem AQSH Xitoyni o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishga majbur qilishi kerakligini ta’kidladi. Xususan, u rasmiy Vashingtonni Xitoydan olgan qarzining bir qismini qaytarmaslikka chaqirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, AQSHda koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri ishsizlik darajasi eng yuqori darajaga chiqqan. Uning ko‘lami 1929 yilda boshlangan Buyuk depressiya davridagi ko‘rsatkichlardan oshadi. Hozirda mamlakatda rasman ishsizlar soni 17 millionga yaqinlashgani aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 501 615 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning 29 191 nafari sog‘aygan, 18 777 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

682

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing