Suares Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini aytdi
Sport
−
16 noyabr 2019
4095"Barselona" hujumchisi Luis Suares Kataloniya jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Suares argentinalik futbolchi bilan yaqin do‘stona munosabatda ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, u bilan boshidanoq yaxshi til topa olishgani va bu o‘yinlar davomida maydonda bir-biriga katta yordam berganini ta’kidladi.
“Messi dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini allaqachon isbotlagan va har kuni isbotlamoqda. Lionel yaqinlariga do‘stligini ming martalab ko‘rsatadi. "Oltin butsa" uchun kurashganimda u menga yordam berdi" deydi u.
Ushbu mavsumda Suares "Bareslona" safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi