Bekobodda MFY raisi nafaqa pullarini mahallada yashamaydiganlarga tarqatib yubordi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida mahalla raisi o‘z hududida yashamaydigan fuqarolarga soxta ma’lumot asosida nafaqa puli tarqatdi. 

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tumanda olib borilgan tekshiruvda MFY raisi X.G‘. hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgan. Shu asosda haqiqatda mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga ehtiyoji bo‘lmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln so‘m nafaqa pullari tayinlangan. 

Shundan 31,6 mln so‘m fuqarolarga asossiz to‘lab berilgan. Tekshiruv natijasida 69,9 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olingan.

Hozida ushbu holat yuzasidan mahalla raisi X.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing