Mudhish YTH. O‘zbekistonlik avtomobilda ikki ayolni bosib ketdi

Olam

image
Toshkentda 23 yoshli yigit YTH qurboni bo‘ldi north_east

Toshkentda 23 yoshli yigit YTH qurboni bo‘ldi

Kecha, 6 oktyabr kuni kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada pensioner ayol halok bo‘ldi.

6 oktyabr kuni soat 23:15 lar atrofida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Mixail Dudin ko‘chasida yo‘l-harakati qoidasini buzgan va yashirinishga harakat qilib, tezlikni oshirgan Ford Mondeo avtomobilini to‘xtatishga uringan. Uning ortidan ta’qib qilib kelgan.

Soat 23:20 da Engels ko‘chasida haydovchi boshqaruvni eplay olmay dastlab shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Kia Spectra avtomobiliga, keyin metall to‘siqga urilib, tramvay bekatiga chiqib ketib, ikki ayolni bosib ketgan.

Ford Mondeo haydovchisi qo‘lga olingan. U na Sankt-Peterburgda, na Leningrad viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan mast holdagi 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

YTH natijasida 74 yoshli pensioner ayol halok bo‘lgan va 48 yoshli ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Kia Spectra haydovchisi jabrlanmagan. Hozirda politsiya sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini o‘rganyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sankt-Peterburg

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing