Boks afsonasi Meyvezer haqida gapirdi

Sport

image

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer haqida fikr bildirdi.

"Agar biz ko‘cha jangida ishtirok etganimizda, uni yakson qilib tashlagan bo‘lardim. Lekin, biz yarim o‘rta vaznda jang qilganimizda aksincha bo‘lishi aniq.

Uning texnikasi ajoyib. Unday jang qiladiganlar boks olamida juda kam", dedi Tayson.

Ma’lumot uchun, Mayk Tayson 1966 yil 30 iyunda Nyu-York shahrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi Lorna Smit va Jimmi Kirkpatrik edi. Biroq, Mayk o‘z familiyasini onasining birinchi eridan meros qilib oldi. Mayk tug‘ilishidan oldin otasi oilani tark etgan.Maykning akasi Rodney va opasi Deniz bor. 

Mayk Tayson professional boksda 58 marta jang qilib, ulardan 50 tasida g‘alaba qozongan, oltita jangda esa mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

boks Mayk Tayson Floyd Mayvezer

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing