Ingliz tilini biladigan xodimlar oyligini 30 foiz oshirish taklif qilindi

Jamiyat

image

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida  "Mamlakatimizda ingliz tilini ommalashtirish haqida"gi murojaat e’lon qilindi.

Unda ko‘ra, O‘zbekistonda aholi orasida ingliz tilida so‘zlasha olish darajasini oshirish kerak. Shu maqsadda, davlat organlarida, byudjet tashkilotlarida ishlovchi va “IELTS” xalqaro sertifikatiga (7 va undan yuqori ball olgan) yoki shunday ekvivalentda milliy sertifikatga ega xodimlarning oylik maoshiga 30 foiz ustama to‘lash tizimini joriy etish lozim. Bunda quyidagi samaralarga erishish mumkin bo‘ladi:

•    birinchidan, mamlakat aholisida ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada kuchayadi;

•    ikkinchidan, millionlab sarflab chetdan yuqori malakali kadrlarni taklif qilgandan ko‘ra, O‘zbekistondagi iqtidorli kadrlarning qo‘nim topishiga ko‘mak beriladi;

•    uchinchidan, ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan malakali kadrlar ishga innovatsion yondashish va zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Natijada ish unumdorligi va sifati ham yuqori bo‘ladi;

•    to‘rtinchidan, mamlakatda demokratik qadriyatlarni qadrlaydigan va islohotlarning tub mohiyatini chuqur anglaydigan rahbar kadrlar zaxirasi shakllanadi.

"Yuqoridagilarni inobatga olgan holda barcha byudjet tashkilotlarida ishlovchi “IELTS” xalqaro sertifikatiga (7 ball va undan yuqori ball olgan) yoki shunday ekvivalentdagi xalqaro va milliy sertifikatga ega xodimlarning oylik maoshiga 30 foiz ustama to‘lash tizimini joriy etishni taklif qilamiz", deyiladi murojaatda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing