Bo‘kadagi qamoqxonada andijonlik mahbus boshqa bir mahbusni urib o‘ldirdi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli Bo‘ka tumanidagi UYA 64/38-sonli koloniyada qasddan odam o‘ldirgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan andijonlik 54 yoshli mahkum M.Q. jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni urib o‘ldirgani aytilmoqda.

Bo‘kadagi manzil koloniyada bu mahkumning o‘zaro kelishmovchiligi kundan-kunga yomonlashib boravergan.

Voqea guvohlarining aytishicha, M.Q. telefon orqali bir qiz bilan gaplashib yurgan va bu holatni E.Q. telefon orqali M.ning xotiniga aytgan va haqiqiy ziddiyat shu soniyalardan boshlangan.

Kelishmovchilik natijasida M.Q. ketmon uchun yasalgan tayoq bilan E.Q.ning bo‘yin qismiga uch marta urgani natijasida E.Q. vafot etgan.

Jazo muddatini o‘tayotgan vaqtida yana qasddan odam o‘ldirgani uchun mahkumga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “r” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qamoqxona

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made