COVID-19 qo‘rqinchi. Yevropaliklar ko‘zda yosh bilan odamlarni ogohlantirmoqda (video)

Olam

Bugun butun dunyo xalqlari koronavirus bilan kurash olib bormoqda. Har bir davlat ushbu infeksiyani o‘z hududida yanada keng yoyilib ketmasligi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Koronavirus pandemiyasi eng ko‘p Yevropa mamlakatlariga ziyon keltirayotgani hech kimga sir emas. Ushbu mintaqada joylashgan davlatlarda yashovchi fuqarolar nimalarga e’tibor berishmadi-ki, infeksiya bu qadar tez sur’atda ularning hayotini izdan chiqardi. 

“Yuksalish” umummiliy harakati tomonidan taqdim etilgan videoda koronavirusdan aziyat chekayotgan bemorlar o‘z ahvollarini quyidagicha izohlaydi.

“Hayotimni saqlab qolgan mana shu respiratorga qarashingizni istardim. Hukumatdan xafa bo‘ladigan joyi yuq. Bu bizning – o‘zimizning aybimiz! Ko‘pchilik Davlat tavsiyalariga etibor qilmadi. Har birimiz tana harorati bilan do‘konlarda xarid qilishni davom ettirdik”, deydi italiyalik bemor.

Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya fuqarosi esa ko‘zida yosh bilan quyidagilarni gapirib berdi.

“O‘rtoqlar, men 39 yoshdaman va 6,5 oylik homiladorman. Sizga koronavirus (COVID-19) bilan kasallanganimni aytmoqchiman. O‘zimni yomon his qildim va mana 2 haftadan beri shifoxonada yotibman. Meni shanba kuni yotqizishdi va bugun chorshanba. Menda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlandi... va men bolam uchun kurashmoqdaman. 

Tashqariga chiqmang, siz o‘zingizda “yetarlicha vaqt bor”, deb o‘ylaysiz... Mening 3 nafar farzandim va turmush o‘rtog‘im bor. Endi ular ham izolyatsiya qilingan. Men jiddiy aytyapman! Tashqariga chiqmang! Uyda qoling! Ko‘chaga chiqish taqiqlanayotgan bo‘lsa, ko‘chaga chiqmang! Boshqalarga ko‘chada yurganlarga e’tibor bermang. Siz bu kasallikni uyga olib kelib, kimnidir o‘ldirishingiz mumkin. U oilangiz a’zosi bo‘lishi mumkin. Faqat tashqarisha chiqishni bas qiling, politsiya talablariga quloq soling va talablarga rioya qiling!”.

Mana shu mamlakatning yana bir fuqarosi Tara Jey Larson ham juda qattiq afsusda.

“Agar kimdir xali ham ikkilanayotgan bo‘lsa – tavakkal qilmang. Menga qarang. Agar sizning ahvolingiz og‘irlashsa, bu yer - oxirgi joyingiz bo‘ladi”, dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, britaniyalik Tara Jey Larson vatandoshlarni koronavirus xavfini iloji boricha jiddiy qabul qilishga chaqirmoqda. U keksa fuqaro emas. Atigi 39 yoshda. U sog‘lom turmush tarzini olib borar edi. Ammo u jonlantirish bo‘limidan chiqqaniga qaramay, hanuzgacha o‘zini “o‘pkasi shisha siniqlari bilan tiqilib qolgandek” his qilyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga 80 589 nafar odam chalindi. 10 361 bemor shifo topgan bo‘lsa, 8215 kishi vafot etdi. Buyuk Britaniyada esa 11 812 odam infeksiya yuqtirgan bo‘lsa, 150 bemor shifo topdi. 580 nafar odam esa koronavirus sabab olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa koronavirus

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made