Qashqadaryo hokimi amaldorni yoqib yuborgan tadbirkor ishini hal qildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyul kuni Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev Yakkabog‘ tumani “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘onchasiga kelib, aholi bilan uchrashdi.

Zafar Ro‘ziyev Yakkabog‘ tumani hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayevga benzin sepib, yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomovning rafiqasi Nodira Haydarova hamda farzandi Sharofiddin Daminov bilan yakka tartibda muloqot o‘tkazgan.

Yakunda yakkabog‘lik tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni buzilmaydigan bo‘lgan. Yetkazilgan moddiy zarar esa sud orqali undirilishiga kelishilgan.

“Bahriddin Isomovning ikki qavatli do‘koni buzilmaydi. Unga yetkazilgan zarar sud orqali qoplanadi. Do‘koni buzilgan boshqa tadbirkorlarga dushanbadan kompensatsiya to‘lash boshlanadi”, dedi Yakkabog‘ tumani Matbuot xizmati rahbari.

Viloyat hokimi 30 ga yaqin do‘koni buzilgan tadbirkorlarga buzilgan do‘koni yonida bo‘lib turishlarini, buzib tashlangan do‘kon yoniga shaxsan o‘zi borib, kompensatsiya puli hisoblanib, to‘lab berilishini nazoratga olishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘ tumani hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayev buldozerda tadbirkorning do‘konini buzayotgan o‘sha tadbirkor amaldorga benzin sepib, yoqib yuborgandi.

Holat yuzasidan Bahriddin Isomovga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yakkabog' Zafar Ro'ziev

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing