Koronavirus sabab ilk bor chaqaloq dunyodan ko‘z yumdi

Olam

image

Koronavirus infeksiyasi sabab ilk chaqaloq AQSHda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Illinoys shtati Sog‘liqni saqlash departamenti xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Chikagoda tug‘ilgan, hali bir yoshga ham to‘lmagan chaqaloq haqida bormoqda.

“COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari hali chaqaloqlarda kuzatilmagan edi. O‘lim sabablarini aniqlashtirish ishlari davom etmoqda”, dedi departament boshlig‘i Ngozi Ezike.

AQSHda infeksiyadan ko‘proq keksalar aziyat chekmoqda. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 85 foiz holatda koronavirusdan o‘lim holati 60 yoshdan oshganlarda kuzatilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 123 701 nafar odam chalindi. 2463 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2220 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

985

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing