Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni sotganlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 may 2019
4561Qashqadaryoda imperator tamg‘asi tushirilgan oltin tangani noqonuniy ravishda sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatida fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh. “Imperator Nikolay-I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarning har birini 4,2 mln so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangani 29,4 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi