Menda grippdek o‘tdi – Madonna koronavirusga chalinganini ma’lum qildi
Salomatlik
−
08 may 2020
6293Amerikalik xonanda Madonna o‘zining Madame X konsert safari paytida koronavirusga chalingan. Lekin u bu haqda keyinroq bilgan. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Hozirda qo‘shiqchi sog‘lom ekanini yozdi. Ammo test uning organizmida o‘tmishdagi kasallikdan dalolat beruvchi COVID-19 antitanalari borligini aniqlaganini aytib o‘tdi.
“Organizmda antitanalarni topilishi sizda virus bor bo‘lganidan dalolat beradi. Men va boshqa shou ishtirokchilari bundan yetti hafta oldin Parijdagi konsertlarimda buni sezgandik. Lekin biz buni oddiy gripp deb o‘ylagandik“, deb yozadi Madonna.
Shuningdek, 61 yoshli Madonna ushbu postida COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish uchun 1 million dollar xayriya qilganini eslatib o‘tdi.
LiveBarchasi