Miting va namoyishlar o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qilinadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqarolarning mitinglari, yig‘ilishlari va namoyishlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy faoliyat sohasidagi mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar tarzidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat.

Loyihada qayd etilishicha, agar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi bilan O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, majlislar va namoyishlar to‘g‘risida xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 

Qonun bilan:

Mitinglar, yig‘ilishlar va/yoki namoyishlarni o‘tkazish fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, ularda qatnashish qonuniyligi, ixtiyoriyligi, oshkoraligi, ochiqligi va ularni tinch yo‘l bilan ushlab turish prinsiplariga asoslanadi.

Konstitutsiyaviy tuzumni majburiy ravishda ag‘darib tashlash, milliy, irqiy yoki diniy dushmanlikni qo‘zg‘ash,  zo‘ravonlikni targ‘ib qilish uchun mitinglar, yig‘inlar va namoyishlar o‘tkazish shuningdek, davlat organlarini obro‘sizlantirish taqiqlanadi.

Mitinglar, yig‘ilishlar va/yoki namoyishlar o‘tkazishga faqat haftaning ish kunlarida yo‘l qo‘yiladi va 10:00dan oldin boshlanishi va 17:00 dan kechikmasligi kerak bo‘ladi.

Qonun loyihasining muhokamasi 27 iyunga qadar davom etadi. Loyihaning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qonun namoyish miting

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing