O‘zbekiston yaqin kelajakda elektr narxini oshirmaydi

Jamiyat

image

Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, sohada rivojlantirilayotgan davlat-xususiy sherikligi  elektr energiya qiymatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Ta’kidlanishicha, davlat-xususiy sherikligi yo‘nalishda O‘zbekistonda xususiy elektr stansiyalarini qurish va ularni boshqarishni xohlayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalar soni ko‘paymoqda. Bu, o‘z navbatida, elektr energiyaning tannarxini pasaytirishga yordam beradi.

“Ayni paytda, yaqin kelajakda elektr energiyasi narxining oshirilishi rejalashtirilmagan”, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda 2019 yilning dekabr oyida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Unga ko‘ra, ulangan quvvatidan qat’i nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi iste’molchilar foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lashlari zarur edi. Hujjat 2020 yilning 11 martidan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing