AQSHda koronavirusga chalinganlar 1 milliondan oshdi

Olam

image

AQSHda koronavirus aniqlangan bemorlar 1 milliondan oshib, ayni vaqtda 1 008 066 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakat dunyo miqyosida koronavirus aniqlanishi bo‘yicha mutlaq yetakchilik qilmoqda. 

AQSHda ushbu kasallikka chalingan bemorlarning 58 126 nafari yoki 5,7 foizi vafot etdi. Bemorlarning 115 003 nafari yoki 11,4 foizi sog‘aygan. Ayni vaqtda mamlakatda davolanishi davom etayotgan bemorlar soni 834 937 nafarni tashkil etmoqda. 

AQSHlf bemorlar ko‘p aniqlanishining asosiy omillaridan biri mamlakatda ommaviy test o‘tkazilayotganidir. Dunyo miqyosida koronavirus aniqlanganidan buyon hali hech bir mamlakatda bu qadar ommaviy test o‘tkazilgani yo‘q, hatto, kasallik o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda ham. AQSHda bugungacha 5 million 628 ming 374 kishi koronavirusga test topshirgan. 

Kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq holat ancha yaxshilanayotgani haqida bayonot bergandi. Prezidentning qayd etishicha, Nyu-York, Chikago va Nyu-Orlandoda kasallanish holatlari kamayib, mamlakatning boshqa inqirozli hududlarida vaziyat barqarorlashmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made