Toshkentda yana bir ko‘cha vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanidan o‘tuvchi Yangi Sergeli ko‘chasining bir qismi yo‘l ta’miri sababli vaqtinchalik yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmmati xabar berdi.

“Hurmatli Sergeli tuman aholisi! Bugun kun davomida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Yangi Sergeli ko‘chasining Sergeli tuman hokimligidan Gavhar ko‘chasigacha (O‘zgarish ko‘prigi) bo‘lgan yo‘nalishdagi qismi yopiladi”, deyilgan xabarda.

Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Avvalroq, ijtimoy tarmoqlarda Yangi Sergeli ko‘chasi ogohlantirishsiz yopib qo‘yilgani va natijada katta tirbandlik yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Mirzo Ulug‘bek tumaning Sayohat ko‘chasi bir oy muddatga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli ko'cha

Baholaganlar

122

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing