Hukumatning parlamentdagi vakolatli vakili tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ma’rufjon Mamatojiyevich Tojiboyev Hukumatning Oliy Majlisdagi vakolatli vakili etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, vakolatli vakil:

•    Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta’minlaydi;
•    Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etadi;
•    Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etishiga ko‘maklashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi parlament

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made