22 fevral tunida nimalar bo‘ldi? Voqea-hodisalarning qisqa dayjesti

Olam

image

Koronavirus (so‘nggi ma’lumotlar): 

Xitoyda hozirga kelib virusga chalinganlar soni 76 936 nafarga yetdi. Ulardan 2442 kishi vafot etdi. 22 888 kishi davolanib, shifo topdi. 

Janubiy Koreyada 123 ta virusga chalinish holati kuzatildi. Mamlakatda ularning umumiy soni 556 nafarga yetdi. 4 nafar bemor vafot etgan, 6039 nafar fuqaroning tashxisi hali o‘rganilmoqda.

Uxandan qaytgan 58 nafar braziliyalik mamlakat Anapolis harbiy-havo bazasida karantinda saqlanmoqda. Ularga bugun, 23 fevral kuni javob beriladi. Bu haqida Braziliya Mudofaa vazirligi xabar bergan.

Gruziya hukumati ham Xitoyning turli shaharlaridan 34 nafar o‘z fuqarosini evakuatsiya qildi. Ular Sachxere shahridagi tibbiyot markazida ikki haftalik karantinda saqlanmoqda.

Italiyada koronavirusga chalinish holati 79 taga yetdi. Ulardan 2 nafari vafot etdi. 1 kishi davolanib chiqdi. Italiya fuqarolik mudofaasi xizmati rahbari Anjelo Borellining so‘zlariga ko‘ra, 51 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 18 nafari maxsus intensiv terapiya bo‘limida, 11 kishi esa uy sharoitida davolanmoqda.

Jahon yangiliklari

Daniya. Mashhur LEGO-inson shaklchalari yaratuvchisi Yens Nigard Knudsen Daniyada 78 yoshida vafot etdi. Bu haqida “France Press” xabar bermoqda. Yens Nigard Knudsen 30 yildan ortiq vaqt davomida Daniyaning o‘yinchoqlar va konstruktorlarni rivojlantirish kompaniyasi Lego Group’da dizayner bo‘lib ishladi. O‘tgan asrning 70-yillari oxirida paydo bo‘lgan, qo‘llari va oyoqlari harakatlanadigan odamning mashhur mini-figurasini yaratuvchilardan biri aynan Yens Nigard Knudsen edi.

Angliya. Yuzlab odamlar Wikileaks portali asoschisi Julian Assanjning AQSHga ekstraditsiya qilinishiga qarshi London ko‘chalariga chiqdi. Ushbu masala bo‘yicha sud majlisi dushanba, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Qo‘shma Shtatlarda uni 18 punkt bo‘yicha ayblashlari mumkin. Agar Assanj aybdor deb topilsa, unga 175 yillik qamoq jazosi tayinlanadi.

Rossiya. Mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Vazirlar Mahkamasiga 2020 yilning 1 iyuliga qadar VICH infeksiyasiga qarshi yangi davlat strategiyasini ishlab chiqishni ko‘rsatma berdi. Davlat rahbarining bu mazmundagi ko‘rsatmasiga nima sabab bo‘lganiga Kreml matbuot xizmati hali aniq bayonot bermagan.  

O‘zbekiston. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilning yanvarida 71,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda ko‘rsatkich 93,6 ming tonnaga yetgan. Neft qazib olish hajmi qisqargan — 2019 yil yanvarida 60 ming tonnadan ortiq neft qazib olingan bo‘lsa, 2020 yil yanvarida ko‘rsatkich 19,2 ming tonnani tashkil etgan. Tabiiy gaz qazib olish haji ham kamaygan — 2019 yil yanvarida 5,28 milliard kub metr gaz qazib olingan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib oylik ko‘rsatkich 4,75 milliard kub metrga tushib qolgan.

Futbol

APL. Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasida turnir jadvalida 2-3-o‘rinlarni egallab turgan “Lester” va “Manchester Siti” klublari o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuvda kichik hisob qayd etildi. “Siti” 0-1 hisobida g‘alaba qozondi.

A Seriya. Italiya chempionatining 25-turida “Yuventus” safarda SPAL mehmoni bo‘ldi va 1-2 hisobida g‘alaba qozondi. Yana bir uchrashuvda “Fiorentina” va “Milan” jamoalari ro‘baru kelishdi va durang qayd etishdi – 1-1.

Bundesliga. Germaniya Bundesligasi 23-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda “Leypsig” mehmonda “Shalke” darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi.

La liga. Ispaniya chempionatining 25-turi doirasi kutilmagan bahslarga boy bo‘ldi. “Real” safarda “Levante”ga kichik – 1-0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yana bir uchrashuvda esa “Real Sosedad” uyida mehmon bo‘lgan “Valensiya” yirik – 3-0 hisobida yengildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing