AQSHda koronavirus “qutirayapti”. Zararlanganlar soni 700 mingdan oshdi

Olam

image

AQSHda koronavirusning yangi turiga chalinganlar soni 700 mingdan oshdi. Bu haqda Amerikaning Jons Xopkins universiteti ma’lum qilmoqda.

Mamlakatda 700 282 ta COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etildi. Infeksiya oqibatida 36 822 nafar bemor olamdan o‘tdi. 

Kasallikdan shifo topganlar soni bir muncha oshgan – 58 587.

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti koronavirus sabab Oq uyni deyarli tark etmayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari u AQSH COVID-19 bilan bog‘liq mamlakatda kechayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

359

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing