Tonggacha koronavirusga chalinganlar 243 nafarga ko‘paydi, 2 kishi vafot etdi

Jamiyat

image
2020 yil 16 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 944 (+243) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 189 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Ayni paytda yurtimizda 30 043 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (86 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 4673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1021 nafari og‘ir, 285 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing