Qishning birinchi kunini qanday ob-havoda qarshilaymiz?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta oxirida O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Bugun, 29 noyabr kuni sovuq antitsiklon chegarasi Qozoqistonning shimoli-sharqiy qismiga siljib, uning O‘zbekiston hududiga ta’siri asta kamayadi. Kunduzi havo harorati ko‘tarilib 4-9 daraja iliqni tashkil qiladi, biroq bu harorat ham me’yordan past.

Dam olish kunlari Kaspiy dengizi janubidan iliq va nisbatan nam havo oqimining kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 1 dekabrda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat foni ko‘tarilib boradi hamda kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ob-havo

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing